O’tgan birinchi darsda nemis tili alfaviti va talaffuz qoidalari haqida gaplashdik. Endi bugungi darsimizda, kishilik olmoshlari va tanishuvga oid boshlang’ich so’z va iboralarni o’rganamiz. Demak boshladik.

  • Guten Morgen – hayrli tong
  • Guten Tag– hayrli kun
  • Grüss Gott-hayrli kun
  • Guten Abend- hayrli kech
  • Guten Nacht- hayrli tun
  • Hallo-salom
  • Auf Wiedersehen- ko’rishguncha hayr (birmuncha rasmiy)
  • Tschüss-hayr (do’stona) Og’zaki nutqda salomlashishning qisqartirilgan shakli ham keng  amalda qo’llaniladi:
  • Morgen- hayrli kun
  • Tag-hayrli kun
  • Abend- hayrli kech
  • Bis später – keyinroq ko’rishguncha
  • Bis bald– ko’rishguncha
  • Machs Gut – o’zingni ehtiyot qil
  • Viel Glück – omad 
  • Ich heiβe ……- mening ismim….. yoki
  • Ich bin…- men ….
  • Wie heiβen Sie?- Sizning ismingiz nima?
  • Wie heiβt du?- Sening isming nima?
  • Woher kommen Sie?- Qayerliksiz?
  • Woher komst du?- Qayerliksan?
  • Ich komme auch….- Men … likman.

  Yuqoridagi eng boshlang’ich so’zlashuv iboralarini yod oling.

Hamma tilda bo’lgani kabi nemis tilida ham kishilik olmoshlari birlik va ko’plik shakllarida bo’ladi. Birlik shakllari:

Ich– men

Du– sen

Er– u (o’g’il bola uchun)

sie– u (qiz bola uchun)

Es-u (jonsiz buyumlar uchun)

Wir-biz

Ihr-sizlar

Sie-ular

  Fe’llarning shaxslarga tuslanishini “kaufen” (sotib olmoq) fe’li misolida ko’rsataman.

Ich kaufe ein Eis- men muzqaymoq sotib olaman.

Du kaufst ein Eis- sen muzqaymoq sotib olasan.

Er kauft ein Eis- u muzqaymoq sotib oladi.

Sie kauft ein Eis- u muzqaymoq sotib oladi.

Wir kaufen ein Eis- biz muzqaymoq sotib olamiz.

Ihr kauft ein Eis- sizlar muzqaymoq sotib olasizlar.

Sie kaufen ein Eis- ular muzqaymoq sotib oladilar.

Tuslanayotgan fe’lning harakat nomini bildiradigan “–en” qo’shimchasisiz shakli “d” yoki “t” undoshlari bilan tugagan bo’lsa, tuslanayotganda birinchi shaxs birlik, birinchi va uchinchi shaxs ko’plikdan boshqa shaxslarga bitta “e” harfi orttiriladi. Misol uchun arbeiten-ishlamoq fe’li:

Ich arbeite- men ishlayman

Du arbeitest– sen ishlaysan

Er arbeitet– ishlaydi

sie arbeitet– u ishlaydi

Wir arbeiten- biz ishlaymiz

Ihr arbeitet– siz ishlaysiz

Sie arbeiten- ular ishlaydilar

z”, “s”, “ss” harflari tugagan fe’llarni ikkinchi shaxs birlikda tuslayotganda qoidadagi “-st” emas, “t” harfi bilan tuslanadi. Misol uchun tanzen-raqs tushmoq fe’li:

Du tanzt-sen raqsga tushasan

  Endi sizga topshiriq quyidagi fe’llarni tarjimasi bilan yod oling va shaxslarga tuslab chiqing:

  1. Lernen- o’rganmoq
  2. Wohnen- istiqomat qilmoq
  3. Fragen-savol so’ramoq
  4. Hӧren- eshitmoq
  5. Schreiben-yozmoq
  6. Antworten-javob bermoq
  7. Reisen-sayohat qilmoq
  8. Gehen-bormoq
  9. Studieren-o’qimoq
  10. Trinken-ichmoq

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *