“In” va “into” predloglari deyarli bitta ma’noni ifodalaydi. Ular “out” predlogining ziddi hisoblanadi. Bu predloglar bilan yasalgan fe’lli birikmalar odatda xalaqit qilish, tashrif buyurish, o’z ichiga olish, ichkariga kirmoq kabi yoki shung yaqin ma’nolarni ifodalaydi. Quyidagi jadvalda o’zbek tilidagi tarjimalari bilan keltirilgan:
Аsk in | Uyiga yoki boshqa o’zining hududiga taklif qilish |
Barge in | Bezovta qilib, ichkariga kirish |
Bash in | Vayron qilish, zarar yetkazish |
Blend in | Ma’lum bir guruh yoki toifaga tegishlidek ko’rinish; Atrofidagi narsalarga o’xshaganidan bilinmay ketish |
Break in | Buzib kirish; Foydalanishga qulay va oson bo’lishi uchun qayta-qayta, ko’p ishlatish |
Breath in | Nafas olish |
Bring in | ..da pul topmoq; Hukm chiqarmoq; Politsiya mahkamasiga keltirish |
Bump into | Tasodifan ko’rishib qolish |
Butt in | Suhbatga taklifga qo’shilish |
Check in | Mexmonxona, kasalxona, airportlarda kiruvchilarni ro’yxatga olish |
Chuck in | Izoh berish |
Color in | Rangga bo’yamoq |
Come in | Ichkariga kirmoq; Tarkibiga qo’shilish; Tutmoq (signalni) |
Count in | O’z ichiga olmoq |
Cut in | Xalaqit qilmoq |
Dig into | Suqmoq, kirgizmoq |
Dip in | Suvga (yoki biror suyuqlikka) aralashtirmoq, botirmoq |
Dip into | Kitob yoki jurnalning bir qismini o’qib chiqish; Saqlab, yig’ilgan pulning bir qismini ishlatib yuborish; |
Draw into | Qo’shmoq, aralashtirmoq |
Drive in | Mashinada yetib kelmoq |
Eat in | Uyda ovqatlanmoq |
Enter into | Kirmoq, qabul qilinmoq |
Fill in | To’ldirmoq |
Fit in | Moslashmoq, chiqishib ketmoq |
Get in | Ichkariga kirmoq; Siyosiy vazifaga tayinlanish |
Get into | Qiziqmoq; Tarkibiga qo’shilmoq; Qabul qilinmoq |
Hack into | Kompyuter tizimiga buzib kirmoq |
Hand in | Topshirmoq |
Hook into | Bir narsani boshqa bir narsaga ulamoq |
Jockey into | Birovni bir ishni bajarishga ko’ndirmoq |
Jump in | Jarayonga xalaqit berish |
Keep in | Tashqariga chiqarmay, ichkarida olib o’tirishlik |
Key in | Kompyuter tizimiga ma’lumot kiritish |
Land in | Muammoga giriftor qilish |
Let in | Ichkariga kirishga ruxsat bermoq |
Live in | Ishlaydigan joyida yashamoq |
Lock in | Qulflamoq |
Log in | Tizimga kirish |
Look in | Ko’rib o’tmoq |
Look into | Ma’lumot izlamoq; Izlanmoq |
Muscle in/into | Kerak bo’lmagan joyda paydo bo’lish |
Move in | Yangi kelingan joyda yashay boshlash |
Plug in | Qurilmani elektr manbayiga ulash |
Pop in | Qisqa muddatga tashrif buyurish, kirib o’tish |
Reel in | Odamlarni, odatda mijozlarni o’ziga jalb qilmoq |
Rope in | Birovni bir ishni qilishga ko’ndirmoq |
Rush in | Shoshilib kirmoq |
Settle in | O’rganib qolmoq |
Share in | Biror dastur, project yoki jarayonda o’z ulushiga ega bo’lmoq |
Shut in | Birovni ketishiga to’sqinlik qilmoq |
Sign in | Ro’yxatdan o’tmoq |
Sink in | Sekin yetib kelmoq (miyasiga) |
Stay in | Tashqariga chiqmasdan, ichkariga o’tirmoq |
Step in | Roziliksiz tarkibga qo’shilish |
Stop in | To’xtab o’tish |
Suck in/into | Aralashib qolmoq |
Take in | To’liq tushunish; O’z ichiga olmoq |
Talk into | Ko’ndirmoq |
Throw in | Qo’shilib ketmoq |
Turn into | Aylanmoq |
Wait in | Kimdir kelishini ichkarida kutmoq |
Albatta bular hammasi emas. “In/into” predloglari bilan yasalgan fe’lli birikmalar ingliz tilida juda ko’p. Men eng ko’p qo’llaniladiganlarini keltirdim xalos.